«Real» yarim himoyachi Iskoni sotishga tayyor.
«ABC» nashri xabariga ko'ra, Madrid klubi futbolchi uchun kamida 20 million evro talab qilmoqda.
Qayd etilishicha, Iskoning xizmatlariga «Arsenal», «Milan» va Italiyaning boshqa bir qancha etakchi klublari qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Isko ham jamoadan ketishga qarshi emas. Biroq, ispaniyalik o'ziga munosib jamoa topishga qiynalmoqda.
O'tgan mavsumda Isko 29 uchrashuvda qatnashdi va ikkita golli pas berdi.