«Real» hujumchisi Eden Azar jamoa kiyinish xonasida ajoyib jismoniy holatini namoyish etdi. Bu haqda «El Chiringuito TV» telekanali hayratlanarli reportaj tayyorlagan. Kanal muxbiri Edu Agirre so'zlariga ko'ra, Evro-2020dan qaytgan Azar oldingidan ko'ra tetik va yangi mavsum uchun tayyor ko'ringan.
Bundan oldin ispan telekanali YChL yarim finalida «Real»ni «Chelsi»ga mag'lubiyatida Azarni ayblagan edi. 30 yoshli hujumchi madridliklar safida jarohati sabab ikki mavsumdan buyon o'z darajasida o'yin ko'rsata olmayotir.