Madridning «Real» klubi himoyachi Dani Karvaxal bilan shartnomani yana to'rt yilga uzaytirdi. Bu haqda klubning rasmiy saytida e'lon qilindi. Yangi shartnoma 2025 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Buni yangi murabbiy Karlo Anchelotti hoxlagani ma'lum qilingan.
Qirollik klubi bu yoz ikki himoyachisi bilan xayrlashdi. Shu sabab qolganlarni olib qolish va yangilari bilan bitim tuzish klubning ustuvor vazifasi bo'lib turibdi.