Rafael Varan ertaga «Manchester Yunayted» tibbiy ko'rigidan o'tish uchun etib keladi. Manba bergan xabarga ko'ra, Varan 29 iyun, payshanba kuni Ispaniyadan Angliyaga uchib ketishi belgilangan.
Transfer tasdiqlanishi uchun kelasi haftagacha kutish lozim. Negaki, xorijdan kelgan har qanday fuqaro Angliyada kamida besh kun izolatsion hududda bo'lishi kerak.
Shunindek, xabarda «qizil iblislar» himoyachi uchun jami 34 million funt to'lagani va to'rt yillik shartnoma imzolanishi aytilgan.