22 yoshli norvegiyalik futbolchi Madridda unga o'yin amaliyoti berilmasligidan cho'chimoqda, sababi yangi murabbiy Karlo Anchelotti Iskoni afzal ko'rmoqda.
Edegor zaxira o'rindig'ida o'tirishni xohlamayapti, u faqat asosiy tarkibda to'p tepmoqchi.
Futbolchi o'tgan mavsumni "Emireyts"da o'tkazgan edi. Edegor "Arsenal" tarkibida APLda 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.