«Real»ning yangi tayinlangan murabbiyi Karlo Anchelotti o'zining sobiq klubidan Richarlisonni olib kelish niyatida. Ammo bu juda ham murakkab masalaga aylangan. «Tuttomercato» xabariga ko'ra, «Everton» braziliyalik futbolchi uchun 90 million evro narx belgilagan. Madridliklarda esa hozirda bu miqdorni to'lashga imkoniyat mavjud emas.
Klub moliyaviy inqiroz tufayli futbolchi transferi masalasida qiynalmoqda. Anchelotti Richarlison bilan yana ishlash niyati borligi va buni yaqin kelajakda amalga oshirishini aytib o'tgan.