Madridning «Real» klubi ushbu yozda «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappening transferini amalga uchun yangi xaridlarni amalga oshirmayapti. Bu haqida taniqli «Marca» nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, «qirollik klubi» yozgi transferlar vaqtida Frantsiya terma jamoasi futbolchisini sotib olishni yakunlash uchun pulni tejamoqda. Shu munosabat bilan «Real» jamoa sardori Serxio Ramos bilan shartnomani uzaytirmadi, shuningdek, himoyachi Rafael Varanni «Manchester Yunayted»ga sotishga qaror qildi.
Oldinroq 22 yoshli Mbappe «PSJ» bilan bir yildan so'ng tugaydigan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani haqida xabar berilgan edi.
Shunday qilib, Frantsiya klubi futbolchini tekin yo'qotmaslik uchun uni transferga qo'yishi mumkin. Madrid klubi esa o'sha vaziyatni kutib turibdi, deb xabar beriladi manbada.