Madriddagi o'ninchi mavsumini boshlayotgan «Real»ning horvatiyalik futbolchisi klub rasmiy matbuot xizmatiga qisqa intervyu berdi. Suhbat davomida mavsumoldi tayyorgarlik va Karlo Anchelotti bosh murabbiy lavozimiga qaytish masalalari haqida gapirdi.
Modrich italiyalik mutaxassis «qirollik klubi»da ish boshlashidan juda mamnun ekanligi va u bilan yana birga ishlashidan faqat xursand bo'lishi haqida gapirgan.
Karlo Anchelotti tayinlanishi to'g'risida
«Bir necha yildan so'ng murabbiyni yana ko'rganimdan juda xursandman. Bu katta quvonch. Anchelotti Madriddagi birinchi faoliyatida katta yutuqlarni qo'lga kiritgan ajoyib murabbiy va bu safar bundan ham ko'proq muvaffaqiyatlar bo'lishiga umid qilaman.»
«Real Madrid»dagi 10 yillik faoliyati haqida
«Men xuddi birinchi kundagidek, hali ham juda hayajondaman. Jamoadoshlarimni yana
ko'rganimdan xursandman va ular bilan ishlashni, tayyorlanishni va jamoaning muvaffaqiyatiga yordam berishni xohlayman».
Evro-2020dan keyin jamoaga qaytish to'g'risida
«Tayyorgarlikning birinchi qismi yaxshi o'tdi. Qaytganimdan xursandman. Men katta ishtiyoq bilan qaytdim va bu mavsumda yaxshi natijalarga erishish uchun bor kuchim bilan harakat qilishni xohlayman».