Madridning «Real» klubining ukrainalik darvozaboni Andriy Luninni bu yil yozda «Leganes»ga ijaraga berishi ehtimoldan yiroq emas.
Biroq, «Marca» xabariga ko'ra «Real» darvozabonini «Leganes»ga ijaraga berishdan bosh tortgan.
Shuningdek, xabarlarga ko'ra, «yashillar» Lunin uchun yana bir marta taklif jo'natishlari mumkin, ammo, «qaymoqranglilar» yana rad etishsa, ular boshqa variantlarni ko'rib chiqishlarini bildirgan.
Eslatib o'tamiz, Lunin 2018/19 yilgi mavsumda «Leganes»da ijara asosida to'p tepgan va mazkur jamoa tarkibida 5ta uchrashuvda maydonga tushgan.