Jurnalist Anton Meananing so'zlariga ko'ra, «Real»ning norvegiyalik futbolchisi Martin Edegor jamoani tark etishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, Madrid klubi yarim himoyachining transferi borasida borasida bir nechta taklif olgan. Ulardan biri Londonning «Arsenal» klubi.
Hozircha, «qirollik klubi» Edegorni nima sababdan sotmoqchiligi noma'lum.
Transfermarket portali hozirda Martinning narxini 40 million evroga baholagan.
Eslatib o'tamiz, Edegor o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini «Arsenal»da ijarada o'tkazdi. Futbolchi APLda 14 uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga bir gol yozdirib qo'ygan. Uning «qaymoqranglilar» bilan shartnomasi 2023 yil yozigacha amal qiladi.