«Real» himoyachisi Rafael Varan faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishga yaqin turibdi, deya xabar tarqatdi jurnalist Nikolo Skira.
Frantsiyalik futbolchining "MYu" safidagi yillik maoshi 12 millionov evroga teng bo'ladi. Hozirda Varanning "Madrid"dagi maoshi taxminan 5,5 million evroni tashkil qiladi.
Avvalroq "Real" himoyachini 50 million evroga sotishga rozi bo'lgani haqida xabar berib o'tgandik.