Jahon futbolida transfer bozori hamon qaynamoqda. Katta transferlar sodir bo'lmoqda, ayrim tekin haridlar kutilmoqda va yana bir qancha transferlar amalga oshishi kutilmoqda. So'nggi paytlarda ko'plab futbolchilarning boshqa klubga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar ko'payib bormoqda. Keling, ularning orasidagi eng diqqatga sazovorlariga to'xtalib o'tamiz.
Xarri Keyn («Tottenxem»)
Vaqt keldi, vaqt allaqachon keldi. Keyn ushbu iste'dodli to'purarni sovrinlar bilan ta'minlay oladigan klubga o'tishi tobora oydinlashib bormoqda. Yagona va asosiy favorit ajralib turibdi. Bu «Manchester Siti». Bunday forvardning APLning ettinchi jamoasida o'ynashi o'rinli emas. Aytgancha, «Tottenxem» o'tgan mavsumda ettinchiga o'rinni egalladi. «Shaharliklar» Keyn uchun allaqachon 100 million funt taklif qilgan edi, ammo bu sinovdan o'tgan ramziy taklif edi. «Shporlar» o'z etakchisini olib qolish uchun kurash olib bormoqda, Chunki uning shartnomasi 2024 yilgacha.
Rafael Varan («Real Madrid»)
Ko'p yillar davomida «Manchester Yunayted» «Real» himoyachisi Serxio Ramosga qiziqish bildirgan. Oxir-oqibat, bu ish bermadi, ammo hozir mish-mishlar uning sobiq jamoadoshi Varanni «Old Trafford»ga yo'l olishiga ishora qilmoqda. Rafaelning «Real» bilan shartnomasi tugashiga atigi 12 oy qoldi. Bu faktor Madrid klubiga ogohlik qo'ng'irog'i bo'lishi, unga qiziqayotgan xaridorlarni esa faollashtirishi kerak. Ma'lum bo'lishicha, frantsuz «Manchester Yunayted» bilan shartlarni osongina kelishib oladi, ammo «Real»ni, hatto shartnomaning yaqinda tugashini hisobga olgan holda ham ishontirish qiyin bo'ladi. Shunday bo'lsada, qachondir «qizil iblislar» muxlislari Maguayr-Varan juftligini ko'rishlari mumkin.
Erling Holand ("Borussiya Dortmund")
Xolandning shartnomasida 70 million funt sterlinga sotib olish to'g'risidagi bandi borligi hech kimga sir emas, ammo bu faqat kelasi yildan kuchga kiradi. Vaziyat shuni ko'rsatmoqdaki, yana bir yil kutishni istamaydigan klublar ham bor. Shuning uchun, ular shu yozda shartnoma tuzishni istaydilar. Unga eng faol qiziqayotgan klublar orasida «Chelsi» alohida ajralib turibdi. Tomas Tuxelga yangi hujumchi kerak, chunki Jiru "Milan"ga ketdi, Abraxam va Verner nemis uchun unchalik ishonchli emas. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, «Borussiya» hozirda xaridorning 150 million funt sterlinglik taklifini qabul qilishga tayyor. London klubining ayni damda norvegiyalik borasida raqobatchisi yo'q, lekin ular 150 million evro to'lashga tayyormi yoki yo'qmi? Shuni hal qilishi lozim.
Ussem Auar ("Lion")
O'tgan yozda «Arsenal» Auarni sotib olishni juda xohlagan edi, ammo «Lion» taklifni rad etdi va «kanonirlar» Tomas Parteyni tanladilar. Garchi bu biroz boshqacha turdagi futbolchi bo'lsa ham. Endi «Arsenal» «Lion»dagi unchalik muvaffaqiyatli bo'lmagan mavsumdan so'ng narxi tushib ketgan Auarni yana sotib olmoqchi, ammo, raqiblar paydo bo'ldi: PSJ, «Tottenxem» va «Atletiko» ham 23 yoshli futbolchiga da'vogarlik qilmoqda, uning narxi endi atigi 22 million funtga tushib qolishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, Auar yoshligidan beri o'ynab kelayotgan klubni tark etishni unchalik istamaydi. Eslatib o'tamiz, uning Frantsiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda o'z yakuniga etadi.
Jek Grilish ("Aston Villa")
Jek Grilish ("Aston Villa") Premer-liga chempionlari haqiqatan ham Angliya yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olishni xohlashadi, u bu jamoada o'yin uslubi va maoshi kamligi uchun tanqid qilinmaydigan kam sonli kishilardan biri bo'lib chiqdi, biroq Grilishning o'zi qaror qabul qilishda qiynalmoqda. U tushunadiki,
"shaharliklar" "Aston Villa" singari uning atrofida o'yin qurmaydi. «Fuqarolar» lageridagi raqobat sharoitida u hatto asosiy tarkibga kiritilmasligi mumkin. Unga shu kerakmi? Shunga qaramay Grilish bunday takliflar doim ham kelmasligini tushunishi kerak. Qachondir u formasini yo'qotib qo'yishi mumkin. O'shanda u grand klublar nazaridan tushib qolishi mumkin va o'zini ko'rsatmasdan. Bu esa katta jamoalarda o'zini ko'rsata olmay birmingemliklar safida abadiy qolishni esa uning o'zi ham xohlamasa kerak.
Eduardo Kamavinga ("Renn")
Endigina 18 yoshga to'lgan Eduardo Kamavinganing ko'rsatayotgan o'yini sensatsiya sifatida qabul qilinmoqda va uni olishni istagan top-klublar ro'yxati faqat kengaymoqda. 18 yoshida u «Renn» tarkibida yuzga yaqin o'yin o'tkazgan va erda ko'pincha «PSJ», «Lion» va boshqa kuchli frantsuz klublarini o'z jamoasi tor-mor keltirgan. «PSJ», «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Real» - Kamavinga uchun da'vogar hisoblanadi. Kelasi yil yozda uning «Renn» bilan amaldagi shartnomasi o'z yakuniga etadi. Hozir esa uni 25 million evro evaziga grandlardan biri o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Kurash davaom etadi...
Antuan Grizmann («Barselona»)
Hozir kataloniyaliklar qiyin moliyaviy ahvolda. Endi ular ish haqini tubdan qisqartirishi kerak. Koutino, Pyanich va Umtitidan qutulishga urinishlar hozircha natija bermayapti va vaqt tugamoqda. Shu sababli, «Barselona» Grizmanga xaridor izlamoqda, u albatta yaxshi, ammo u o'zining jonkuyarligi bilan kataloniyaliklar byudjetini tejashga qodir. Ma'lum bo'lishicha, «Manchester Siti», «Chelsi» va «Tottenxem» unga qiziqish bildirmoqda, ammo «Barselona»ning qiyin ahvolini tushunib, ular bu transferga hali u darajada shoshilmayapti. Nima bo'lgan taqdirda ham, frantsuz yaxshi darajadagi futbolchi va unga xaridorlar topilsa kerak. Topilmasa ham uning jamoada qolishi kataloniyaliklar uchun fojia bo'lmaydi.
Temmi Abraxam («Chelsi»)
Tomas Tuxel qo'l ostida Abraxam to'satdan «Chelsi»ning asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotdi. «aristokratlar» Chempionlar Ligasida g'alaba qozonganligini hisobga olsak, murabbiy o'z vakolati va xo'jayinlarning ishonchidan uzoq vaqt bahramand bo'ladi. Demak, Temmi yangi jamoa qidirishi kerak. London klubi Temmini Xolandning shartnomasiga qo'shmoqchi bo'lib ko'rdi, biroq uning o'zi bunga rozi bo'lmadi. Hozirda «Arsenal» «Tottenxem» va «Vest Xem» singari jamoalar angliyalik forvardni o'z safiga qo'shib olishga tayyor. O'z navbatida, "Chelsi" Abraxam uchun 40 million evro so'ramoqda. Yuqoridagi klublar esa uni bu summaga xarid qilib, tavakkal qilishni xohlamayapti.
Pol Pogba («Manchester Yunayted»)
Ushbu serial uzoq vaqtdan beri davom etib kelmoqda. Deyarli har yili, har bir transfer oynasida, hamma bu serialning tugashiga umid qiladi. Pogbaning amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan. Shunday qilib, hozirda «MYu» frantsuzdan qutulish vaqti keldi, agar klub biroz mablag' ishlab olmoqchi bo'lsa. Ko'rinishidan, shartnoma bo'yicha muzokaralar boshlangan, ammo Mino Rayola bilan dialog olib borish juda qiyin. Shunday ekan, «Manchester Yunayted» unga o'rinbosar topishi, hamma narsaga tupurib, yarim himoyachini sotib yuborishi mumkin. Vaziyatni «Real», «PSJ» va «Yuventus» kuzatmoqda. Ingliz nashrlarining yozishicha, 50 million funtdan ko'proq mablag' talab qilmoqda.
Jerdan Shakiri («Liverpul»)
Shaqiri uchun yaqinlashib kelayotgan mavsum «Liverpul»ning to'rtinchi mavsumi bo'ladi, ammo u shu yillar davomida atigi 63 rasmiy o'yinda maydonga tushgan. 29 yoshli shveytsariyalik maydonda ko'proq harakat qilishni xohlamoqda, biroq Mersisayd klubi tarkibida raqobat kuchli. Shunday ekan, klub uni sotib yuborishi ehtimoli katta. Boisi, ular yangi transferlar uchun ham pul topishi lozim. "qizillar" u uchun so'rayotgan summa 13 million evroni tashkil etadi. Bu juda katta miqdor emas va uni bu summaga sotib oladigan klub topilsa kerak.