"Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Real" to'purari Krishtianu Ronaldu Monakoga etib kelishdi.
Qizig'i shundaki, har ikkala futbolchi tadbirga vertolyotda uchib kelgan.
Ma'lumki, qur'a tashlash bilan bir qatorda, UEFA mavsumning eng yaxshilarini ham taqdirlash marosimini o'tkazadi. Ronaldu va Messi "Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon bilan birgalikda mavsumning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan sovringa da'vogar bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, tadbir soat 21:00da boshlanadi.