Madridning «Real» klubi Varan bo'yicha muzokaralarda «Manchester Yunayted»ga yon bosdi. Bu haqda o'z manbalariga asoslanib «Goal» nashri xabar bermoqda.
Oldinroq, «qaymoqranglilar» «Manchester Yunayted»ning futbolchi uchun taklifini rad qilishdi va Angliya klubidan 70 million evroga yaqin pul so'rashdi. Biroq, hozirgi kunga qadar tomonlar muzokaralarda muvaffaqiyaga erisha olmadi. Bu avvalo, futbolchining o'zi pozitsiyasiga bog'liq. Frantsiyalik futbolchi «qirollik klubi» bilan shartnomasini uzaytirmaydi va kelasi yozda Madridni erkin agent bo'lib tark etishi mumkin. «Real» esa uni tekinga qo'yib yuborishni xohlamayapti. Shu sababli., joriy transferlar oynasida frantsuz futbolchisini sotib yubormoqchi.
Endi «Real» va «Manchester Yunayted» Varan borasida bitim tuzishga yaqin turibdi.
Yangi kelishuv bo'yicha, «mankunianliklar» futbolchi uchun 45-55 million evro atrofida to'laydi.