Madridning "Real" klubi hujumchisi Luka Yovich yangi mavsumni ijarada o'tkazishi mumkin. "Qaymoqranglilar" futbolchini o'z darajasiga mos klubga ijaraga bermoqchi.
23 yoshli futbolchiga Italiyaning "Sampdoriya" va "Jenoa" klublari qiziqish bildirmoqda.
Yovich o'tgan mavsumni Germaniyaning "Ayntraxt" klubida ijarada o'tkazib, 18 o'yinda 4 ta gol urdi.