"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub prezidenti Florentino Peresdan shartnomasi bandlarini qayta ko'rib chiqishni so'radi.
laSexta xabariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi mulozimdan o'zini dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi qilishni so'ragan edi. Biroq, Peres uning iltimosini erda qoldirdi. Hozircha, Ronalduning bunga munosabati ma'lum emas.
Ma'lumot o'rnida, hozirgi paytda Ronaldu "Real"da yiliga 25 mln evro maosh olmoqda. U "PSJ" klubida 30 mln evro maosh oluvchi Neymardan orqada bormoqda. Agar Messi "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolasa, uning maoshi 40 mln evroga etadi va har ikkalasidan ham o'zib ketadi.