«Mundo Deportivo» nashri ma'lum qilishicha, Karlo Anchelotti «Real» rahbariyatidan ushbu yozda «Yuventus» sardori Jorjio Kellini bilan shartnoma imzolashini so'ragan.
36 yoshli faxriy himoyachi «keksa sinora» bilan shartnomasi tugagandan so'ng bir necha hafta davomidan beri erkin agent bo'lib kelmoqda.
Bir hafta oldin ma'lum bo'lganidek, Italiya terma jamoasi bilan Evro-2020da g'olib chiqqan Kellini «Real» radariga tushdi.
Serxio Ramosning ketishi va Rafael Varanning kelajagi noaniq bo'lgan klub, amaldagi Evropa chempioni bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan.