Kilian Mbappe Mauritsio Pochettinoga «PSJ» bilan shartnomani uzaytirmasligini aytgan. Bu haqida «Marca» nashri jurnalisti Xose Feliks Dias xabar bermoqda.
22 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilda nihoyasiga etadi va u kelasi yozda Parij klubidan tekinga ketmoqchi.
Ayni paytda «Real Madrid» Frantsiya terma jamoasi futbolchisi bilan muzokaralarni hali boshlamagan, chunki Florentino Peres Nosir Al-Xelayfi bilan hanuzgacha mustahkam munosabatlarni saqlab kelmoqda va uni buzishni istamayapti.
Mbappening o'zi ushbu yozda Ispaniya poytaxtiga ko'chib o'tishni xohlagandi. Biroq, parijliklar Kilian fikrini o'zgartirishini va klub bilan yangi shartnoma imzolashiga ishonmoqda.