«Marca» nashrining xabariga ko'ra, Karim Benzema «Real» bilan 2022/23 yilgi mavsum oxiriga qadar Ispaniya poytaxtida qolishiga imkon beradigan bir yillik uzaytirishga rozi bo'ldi.
Frantsuz 23-iyul, juma kuni Evro-2020dan keyingi ta'tildan
qaytdi. Ammo, kecha chiqqan xabarlarga ko'ra, Karim Koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan. Shu sababli, ushbu bitim biroz kechikishi mumkin.
Oldinroq Madrid klubi Benzemaga ikki yillik shartnoma taklif qilgani haqida xabar qilingandi, ammo sentyabr oyida 34 yoshga to'ladigan Karim o'zining yoshini hisobga olgan holda 2023 yildan keyin klubda qolishga tayyor emas. Shuning uchun mazkur muddat biroz qisqarishi mumkin.