«Real» klubi «Barselon»ga Lionel Messini olib qolishda yordam qo'lini cho'zmoqchi. Bu haqda Onda Cero nashri xabar tarqatdi.
"Qaymoqranglilar"ning fikricha, argentinalik futbolchining La ligada qolishi marketing jihatdan barcha uchun foydali hisoblanadi. Messi tufayli chempionatga jalb qilinadigan homiylar soni ko'p bo'ladi. Bu esa pandemiya sharoitida qiyin ahvolga tushib qolgan klublar uchun manfaatli bo'ladi.
Shu sababli, "Real" La ligaga murojaat qilib, "Barsa" Messini ro'yxatdan o'tkazishi uchun qoidalarni yumshatishni so'ramoqchi.
O'z navbatida, La liga ham homiylar bilan muzokaralarni sentyabr oyiga ko'chirmoqchi. Liga prezidenti Xaver Tebas ham "Barselona"ning Messi bilan shartnoma imzolashini kutib, so'ngra homiylar bilan muzokara boshlamoqchi. Bunda esa daromadlar turlicha bo'ladi.