"Real" hujumchisi Garet Beyl o'zining klubdagi holatiga xotirjamlik bilan munosabatda bo'lmoqda.
U Madridda o'zini yaxshi his qilmoqda. Boshlanadigan mavsumda u "Qirollik klubi"dagi so'nggi mavsumini o'tkazadi va shundan so'ng erkin agentga aylanadi.
Uelslik futbolchi faoliyatidagi so'nggi yirik shartnomani imzolash imkoniyatiga ega.
Eslatib o'tamiz, Beyl o'tgan mavsumni "Tottenxem" safida ijara asosida o'tkazdi. U Premer-liga doirasida 20ta o'yinda ishtirok etib, 11ta gol va 2ta assist muallifiga aylandi.