Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real", "Yuve", "CHelsi". Argentinalik "Pipita" hozir qaerda?

O'tmishda muxlislarning diqqat markazida bo'lgan, ammo so'nggi paytlarda katta sahnadan biroz chekingan futbol kishilari haqida malumot beruvchi ruknimiz davom etadi.

.
- Yuklab olish

Alfredo Di Stefano, Omar Sivori, Klaudio Kanidja, Ariel Ortega, Ernan Krespo, Pablo Aymar, Xaver Saviola, Maskerano — katta nomlar, shunday emasmi?

Etiborli jihati, yuqorida sanalgan yulduzlarning barchasi katta futboldagi qadamini bir jamoada qo'ygan — "River Pleyt". Buenos-Ayres klubi asrimiz avvalida futbol osmonini yana bir yulduz bilan boyitdi.

Gonsalo Iguain. 2005 yil "River Pleyt"da porlagan 18 yoshli yigitchaning Argentinada uzoq qolmasligi aniq edi. OAV bo'lajak yulduzning tez orada "Milan", "Lacio", MYU yoki "CHelsi"ga o'tishi haqida bong ura boshladi. Biroq, 2007 yilning yanvarida "Real" prezidenti Ramon Kalderon matbuot anjumani uyushtirib, yig'ilgan jurnalistlarni o'zbek xalq maqoli bilan tanishtirdi: "Yugurganniki emas — buyurganniki".

Ha, kechagina okeanning narigi tomoni haqida shirin xayollar surgan yigitcha bugun dunyoning eng katta jamoasida, afsonalar qurshovida edi.

Gonsalo Madridda yo'qolib qolmadi. 5 yil davomida "qaymoqranglilar" tarkibida 264 o'yin o'tkazgan forvard 121 gol, 56 assistga muallif bo'ldi.

U bundan ham ko'proq o'ynashni istardi. Biroq, asosiy raqobatdoshi (Karim Benzemaga) yaqin 10 yilda asosiy tarkibni hech kimga bermasligini angladi va Neapolga otlandi.

"Napoli"da o'tgan 3 yil argentinalik o'yinchi uchun uchun ideal bo'ldi. 146 o'yin, 91 gol, A Seriya to'purarligi — qisqasi, nimalarga qodirligini butun olamga isbotladi.

Bilasiz, Turinda bir "keksa sinora" bor. Italiyada porlagan yulduzlarni o'ziga shaydo qiladi. Iguain bilan ham bu voqea takrorlandi. Uning transferi "Yuve" uchun 90 mln (!) evroga tushdi.

Keyin Milan va London havosidan ham nafas olib ko'rdi.

Biroq, so'nggi yillarda gollariga nisbatan ortiqcha vazni haqidagi gap-so'zlar ko'payganini ilg'agach, okeanning narigi tomoniga qaytishga qaror qildi.

Gonsalo ayni payta Devid Bekxemga tegishli "Inter Mayami" klubining asosiy yulduzi hisoblanadi. 33 yoshli "Pipita"ning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning oxiriga qadar amal qiladi.

10 ta poziciyada o'ynay oladigan Urbi Emanuelson hozir qaerda?

BestMaster
24 Iyul 2021, 02:45
yuve, chelsi, argentinalik, pipita, hozir, qaerda?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads