"Bavariya" klubi yarim himoyachisi Leon Goretska hali jamoa bilan yangi shartnoma borasida bir qarorga kelganicha yo'q.
"Manchester Yunayted" 26 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklar germaniyalik yarim himoyachiga amaldagi klubidan ko'proq maosh taklif qilmoqda, deya xabar bermoqda "Sports Bild" nashri jurnalisti Kristian Falk.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Real Madrid" Goretskani 2022 yilda tekinga qo'lga kiritish niyati borligi haqida xabarlar tarqalayotgan edi.