«PSJ» o'z hujumchisi Kilian Mbappeni jamoada saqlab qolishga harakat qilmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, parijliklar 22 yoshli frantsuzga mavsum uchun 32 million evro maosh bilan besh yillik yangi shartnoma taklif qilishgan.
Qayd etilishicha, «PSJ» rahbariyati maoshni ko'payishi futbolchining qarorini o'zgartiradi, deb hisoblamoqda, ammo Mbappe klub taklifiga hali javob bermadi va «Real»dan choralar kutmoqda.
Eslatib o'tamiz, Mbappe «PSJ»dan 2022 yil yozida shartnoma tugagandan so'ng ketmoqchi.