Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, braziliyalik yozda aniq "qirollik klubi"ni tark etmaydi.
Oldinroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, MYU futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi va "qaymoqranglilar" uni qo'yib yuborishga tayyorligi aytilgan edi. Ammo, tasdiqlangan so'nggi malumotlarga ko'ra, Madridda o'yinchiga ishonch bildirishmoqda.
21 yoshli vinger o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 7ta assist qayd etdi.