«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe kelajagi borasidagi qarorni qabul qildi.
«Marca» xabariga ko'ra, futbolchi yangi mavsumda parijliklar safidaligidan juda xursand, ammo bu uning «PSJ»dagi so'nggi yili bo'ladi deb umid qilmoqda. Mbappe bu yozda sotuvni talab qilmaydi, ammo 2022 yilgacha mo'ljallangan shartnomasini ishlab chiqadi va erkin agent sifatida ketadi.
Qayd etilishicha, yangi mavsumda Mbappe «PSJ»ga minnatdorchilik bildirish uchun katta yutuqlarga erishmoqchi.
O'z navbatida, «PSJ» futbolchi bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlashni davom ettiradi.