"Real Madrid" klubi vingeri Eden Azar faoliyatini APL klubida davom ettirishi mumkin.
"AS" nashrining xabar berishicha, Azarga o'zining sobiq jamoasi "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. "Aristokratlar" uning qaytishidan mamnun. Ma'lum bo'lishicha, "qirollik klubi" o'z futbolchisini 60 million evroga sotishni o'ylamoqda, ammo bu miqdorni London klubi juda qimmat deb hisoblamoqda.
Eslatib o'tamiz, "transfermarkt" portali ayni damda belgiyalikni 40 million evroga baholamoqda.