Transfermarkt portali Evropaning tarkibi eng boy klublari yangi reytingini e'lon qilindi. Inchunin, Evropa chempionatidan so'ng ko'p futbolchilarning narxida o'zgarish ro'y berdi.
Angliya premer-ligasi klublari ushbu reytingda etakchilik qilishdi. Eng yuqori pog'onani "Manchester Siti" klubi band etdi. "Shaharliklar"ning tarkibi 909 million evroga baholandi. Ikkinchi pog'onani esa "Liverpul" egalladi. Mersisaydliklar tarkibining umumiy narxi 850 million evroga yaqin bo'ldi.
"Pari Sen-Jermen" esa kuchli uchlikka kirdi — 841 mln. evro. Angliyaning yana bir klubi "Chelsi" to'rtinchi o'rinni band etgan bo'lsa, "Real" kuchli beshlikni yakunlab berdi. "Barselona" esa 7-o'ringa tushib ketdi.