«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarimhimoyachi Martin Edegorning boshqa jamoaga ijaraga berilishini istamayapti. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Anchelotti o'z fikrini allaqachon «qirollik klubi» rahbariyatiga tushuntirgan. Italiyalik murabbiy 2021/2022 yilgi mavsumda Edegorga ishonch bildirmoqchi.
Eslatib o'tamiz, so'nggi mavsumda Edegor Londonning «Arsenal» jamoasida ijarada o'ynadi.