«Real»ning yangi himoyachisi David Alaba jamoa sobiq murabbiyi Zidanning klubdan ketishini yoqimsiz holat sifatida baholadi.
Futbolchi frantsuz mutaxassisi shtabi bilan birgalikda ishlashni anchadan beri xohlagan. Shu bilan birga, Davidning Karlo Anchelotti bilan ham munosabatlari juda yaxshi.
«Zidanning klubni tark etganidan boshida xafa bo'lgandim. Biroq Anchelottini ko'rganimdan xursandman. Men u bilan yana mamnuniyat bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'lyapman, bu esa yaxshi», - deydi Alaba.