Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, Madridning «Real» klubi xavbeki Iskoning koronavirus uchun topshirgan ikkita testi ham salbiy natija bergan.
Shu bilan birga, futbolchida shamollash alomatlari, shu jumladan yuqori isitma paydo bo'ldi. Biroq Isko 19 iyul kuni emlangandi. Shifokorlar, vaktsina organizmga shunday ta'sir qilgan deya taxmin qilmoqda.
Ayni paytda futbolchi mashg'ulotlarni muddatidan oldin tark etdi. Unga bir necha kun dam olish uchun vaqt berilishi mumkin.