«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yangi mavsumda hujumchi Eden Azarni jamoada olib qolmoqchi. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda.
Oldinroq OAVda «qirollik klubi» Azardan qutulmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Karlo Anchelotti klub bosh postiga tayinlangandan keyin vaziyat o'zgardi. Italiyalik murabbiy Azarni jamoada saqlab qolishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, Eden 2020/2021 yilgi mavsumning katta qismini lazaretda o'tkazdi. U La Ligada atigi 14 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol va 2 ta golli pas muallifiga aylandi.