"Biz ushbu masalani klub bilan muhokama qildik. "Real" menga 4-raqamni taklif qildi va men buni qabul qildim. Bu raqam "Real Madrid" uchun qanday ahamiyatga egaligini yaxshi bilaman. Uni kiyish sharaf, bu meni yanada rag'batlantiradi. Ushbu raqam kuch va etakchilik ramzidir.
"Real"ga o'zimni boshqa futbolchilar bilan solishtirish uchun kelganim yo'q. Men Alaba bo'lishni xohlayman va shundayligimcha qolaman. Jamoada o'z mahoratim va kuchli tomonlarimni namoyon qilaman. Men o'zligimcha qolishni xohlayman.
Bir orzum haqiqatga aylandi. "Real" — dunyoning etakchi klubi. Bu erda ekanligimdan g'ururdaman. Klub formasini kiyishni kutib o'tirmayman", — dedi Alaba.