Mbappe 22 iyuldan jamoa bilan mashg'ulotlarni davom ettirishi kerak. Aynan o'shanda PSJ rahbariyati 22 yoshli francuz bilan uchrashishni va u bilan keyingi ishlarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Oldinroq chiqqan malumotlarga ko'ra, Mbappe klub bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. U bitimda "Real"ga o'tishi borasidagi band qo'shilishini talab qilmoqda va klub buni qabul qilsa, u shartnomaga imzo chekadi.
Futbolchining shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan. Forvard 2020/21 yilgi mavsum Franciya chempionati doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 27ta gol va 2ta assist qayd etdi.