Madridning “Real” futbol klubi hamda Braziliya terma jamoalarining sobiq himoyachisi Roberto Karlos aliment pulini o'z vaqtida to'lamaganligi uchun qamoq jazosiga tortilishi mumkin.
Ma'lum bo'lishicha, Braziliyannig Rio-de-Janeyro shahri Adliya departamenti ikki nafar farzandiga aliment nafaqasini to'lamaganligi uchun futbolchini uch oy qamoq jazosiga tortishni talab qilgan.
44 yoshli Roberto Karlos sobiq turmush o'rtog'i Barbara Turlerga 61 ming real (20 ming AQSh dollari) miqdorida aliment pulini to'lamagan. Futbolchi bu holatni moliyaviy qiyinchilik bilan izohlagan.
Ma'lumot o'rnida, Roberto Karlosning bir necha marta uylangan bo'lib, uning jami 9 nafar farzandi bor. Yaqinda futbolchining oilasida Marina ismli qizaloq dunyoga keldi.