«Real Madrid» hujumchisi Luka Yovich faoliyatini A seriyada davom ettirishi mumkin.
Ma'lumotlarga qaraganda, 23 yoshli serbiyalik futbolchi Milanning «Inter» klubiga o'tishi mumkin. Klub futbolchini kelasi mavsum yakuniga qadar ijaraga olishga tayyor.
O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida Luka Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasida ijarada o'ynadi. Hujumchi Bundesliganing 18 uchrashuvida qatnashdi va 4 ta golga mualliflik qildi.
Yovich 2019 yilda «Real» futbolchisiga aylangandi. Tomonlar 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan.