Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub telekanalida sharhlovchi sifatida ishlashdan bosh tortdi.
Manbaning xabariga ko'ra, klubdagi ikkinchi murabbiylik faoliyati yakunlaganidan so'ng, frantsuz murabbiyi hozircha «qaymoqranglilar» safida ishlashni istamayapti.
Mutaxassis klublardan kelgan birorta chaqiriqni qabul qilmagan hamda Frantsiya terma jamoasidan taklif kutmoqda. Hozirda Frantsiya terma jamoasiga Dide Desham murabbiylik qilmoqda.
O'tgan mavsumda «Real» ustozi bo'lgan Zidan so'nggi turning so'nggi daqiqalariga qadar shiddatli kurashib, yakunda chempionlikni «Atletiko»ga boy bergandi hamda chempionatning kumush medallarini qo'lga kiritgandi.