«Real» hujumchisi Brahim Dias "Milan"dagi faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi. "Rossoneri" ispaniyalik futbolchini ikki yilga ijaraga oldi.
Jurnalist Fabritsio Romano tarqatgan xabarga ko'ra, "Milan"ni futbolchini keyinchalik 22 million evroga sotib olish huquqiga ega. "Real"da esa uni 27 million evroga qayta sotib olish huquqi saqlanib qoladi.
Dias "Milan"da 10-raqamli futbolkada o'ynaydigan bo'ldi. Brahim o'tgan mavsumda "rossoneri" safida barcha musobaqalar doirasida 39ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 gol va 4 assist muallifiga aylandi.