«Real» hujumchisi Luka Yovich klubining o'quv-mashg'ulot yig'inlaridan biroz muddatga safdan chiqadi. Bu haqda Ispaniya OAV xabar bermoqda.
Xabarlarga ko'ra, Yovichning mushaklari shikastlangan. Bir muncha vaqt davomida u jamoasidan alohida tartibda mashg'ulot o'taydi.
Eslatib o'tamiz, Luka yaqinda «Ayntraxt»dan «Real»ga qaytgandi.