Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, «Real» markaziy himoyachisi Rafael Varan bu yozda jamoasini o'zgartirishi deyarli aniq bo'ldi.
28 yoshli frantsuz uchun «MYu» asosiy favorit bo'lib turibdi. Inglizlar yaqinda «qaymoqranglilar» bilan kelishuvga erishsa, Rafaga 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilinadi.
Xabar qilinishicha, Varan «Real»ga o'z hurmatini bajo keltiradi va jamoadan munosib ravishda ketish uchun klubga ultimatum qo'ymaydi.
O'tgan mavsumda frantsuz APLning 31 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi.