Goal.com saytining xabar berishicha, kataloniyaliklar bu borada "Real"dan shubha qilishmoqda. Moribaning shartnomasi 2022 yilda o'z yakuniga etadi. "Barsa" agar shartnomani uzaytirmasa futbolchini mavsumoldi yig'inlarga qo'ymasligini malum qilgan.
Kataloniyaliklar aynan "Real" futbolchining boshini aylantirmoqda degan shubhaga borishmoqda. Futbolchining vakillari esa buni inkor qilishdi.