Huquqiy jihatdan "Real"ga tegishli bo'lgan, so'nggi ikki mavsumni "Arsenal" safida ijara asosida o'tkazgan Dani Sebalos Ispaniya va Angliya chempionatlarini taqqosladi.
«Men “Arsenal" muxlislarini juda yaxshi ko'raman, bu jamoada o'ynash unutilmas voqea. Premer-liga juda raqobatbardosh ligadir, unda ko'p narsa jismoniy holatga bog'liq, ammo menga Ispaniya chempionati ko'proq yoqadi. Ispaniyada o'yin ritmi pastroq, bu ko'proq to'pni egallash va vaziyat yaratish imkonini beradi.
Men Angliyaga moslashib oldim, lekin u erda hammasi oldinga va orqaga yugurish uchun pas beradi. Shuning uchun Ispaniya chempionati menga yaqinroq», – deya Sebalosning so'zlarini keltiradi Marca.
Sebalos «Arsenal» safida 2019 yil iyuldan 2021 yil iyungacha ijarada o'ynagan.