"Real" himoyachisi Rafael Varan jamoani tark etishga qaror qildi, deya xabar tarqatdi "The Athletic".
Manbaga ko'ra, frantsiyalik futbolchi "Qirollik klubi" bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Shu bois, "Real" keyingi yili uni bepul qo'yib yubormaslik uchun mazkur yozda sotib yuborishi mumkin.
Varanga "Manchester Yunayted" klubi da'vogarlik qilmoqda. Mankunianliklar futbolchi uchun 45 million evro taklif qilishayotgan bo'lsa, "Real" 60 million so'ramoqda. Ammo madridliklar Varanning qat'iy qaroridan so'ng narxni tushirishga majbur bo'lishadi.
Varan "MYu" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. "Yunayted" unga 12 million evro yillik maosh taklif qilgan bo'lsa, "Real" yangi shartnoma orqali 7 mln. evro berishini ma'lum qildi.