«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi haqida gapirdi.
«Biz ko'p ishladik, futbolchilar o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsatishdi. Yoshlar o'zlarining darajalarini ko'rsatishdi, yoshi katta futbolchilar esa mavsumga tayyorgarlik jarayonlarida jiddiylik namoyish etyapti.
Menga Karvaxal, Nacho, Marselo, Lukas Vaskes va Iskoning bor kuchlari bilan mashg'ulotlarda ishtirok etganlari yoqdi. Ular barcha katta sovrinlarni yutib bo'lishgan, lekin shunga qaramay yangi mavsumni yaxshi o'tkazishni xohlashadi.
O'yin uslubi? Biz klub tarixini hisobga olishimiz kerak. Jamoa o'z saviyasini ko'rsatib, yaxshi o'ynashi kerak. Biz har qanday taktika moslashib ketadigan o'yin uslubini tanlaymiz. Zamonaviy futbolda aynan shu narsa talab etiladi», – dedi Anchelotti "Marca" nashriga bergan intervyusida.