Italiyaning «Napoli» klubi «Real» yarim himoyachisi Isko haqida yozgan tvitini joylashtirdi va keyin esa o'chirib tashladi. Omadsiz mavsumdan so'ng pleymeyker «Real»ni tark etishga va boshqa jamoaga qo'shilishga tayyor.
«Daily Mirror» nashrining yozishicha, «Napoli» tvitterdagi postni tezda o'chirib yuborishidan oldin, «Isco - Google Search» deb yozilgan tvitni joylashtirgan. Xuddi shu manbaning ta'kidlashicha, «Arsenal» ham, «Tottenxem» ham Isko transferini jiddiy kuzatmoqda. Agar, «Real» 28 yoshli yarim himoyachini sotmoqchi bo'lsa, ko'plab jamoalar talabgor bo'lishi mumkin.