«Real» klubi mavsum-2020/21 uchun moliyaviy hisobotni e'lon qildi. Madridliklar 2020 yilning mart oyida boshlangan COVID-19 pandemiyasi tufayli 300 million evro miqdorida zarar ko'rishdi.
Shunga qaramay, ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida «Real» moliyaviy hisobot yilida 874 ming evro foyda ko'rishga erishdi.
Shu tariqa, «qaymoqranglilar» ushbu davrda mavsumni zarar bilan yopmagan Evropaning kam sonli top-klublaridan biri bo'lishdi. UEFA tadqiqotlariga ko'ra, Evropa klublarining 2019-2021 yillardagi umumiy zarari 6 milliard evroga yaqinlashgan.
"Qirollik klubi" o'tgan mavsumda maoshlarni 58 million evroga, operatsion xarajatlarni 62 mln evroga qisqartirgan bo'lsa, futbolchilarni sotish va ijaraga berishdan 175 mln evro ishlab topdi.
Klubning sof qarzi 240 millionov evrodan 46 mln. evrogacha kamaydi.