Ispaniyaning "El Confidencial" nashri «Real» prezidenti Florentino Peresning Krishtianu Ronaldu va Joze Mourinoni haqorat qilgan bayonotlari bilan yangi audioyozuvlarni e'lon qildi.
"Ronaldu aqldan ozgan kasal yigit. Siz uni normal inson deb o'ylaysiz. Aslida, u bunday emas. Shunday bo'lganda u bu kabi ishlarni qilmas edi.
Ronaldu qilgan ishlarni butun dunyo ko'rdi. Nima uchun u bunday ahmoqona ishlar qiladi deb o'ylaysiz? deydi Peres audioyozuvda.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2012 yilda "Granada"ga qarshi bahsdan so'ng gollarni nishonlamasligini va Madrid klubida o'zini bahtsiz his qilayotganini ta'kidlab o'tgan edi. Peres shu sababli uni ahmoq deb atagan.
Shuningdek, u Mourino va Krishtianuni badfe'llikda ham ayblagan:
"Mourino va Ronaldu dahshatli egolari bor yigitlar. Ular ikkalasi ham haqiqatni ko'rmayapti. Agar, ular boshqacha bo'lishganida bundan ham ko'proq pul ishlashlari mumkin edi. Gap ko'p pul haqida ketmoqda, chunki bu imij huquqlari. Ularda hech kimga yoqmaydigan o'zini tutish uslubi bor. Bu reklamaga qarshi"! - deya ta'kidlagan, Peres 2012 yilgi audioyozuvda.