«Sevilya» himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda "Marca" nashri.
Manbaning ma'lum qilishicha, 22 yoshli frantsuzga «Manchester Yunayted» va «Chelsi» qiziqish bildirmoqda. Andalusiyaliklar o'z futbolchisini 65-70 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Kundega "Real Madrid" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.