Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Marko Asensio Madrid klubida qolmoqchi ekanligini aytdi.
«Men «Real»da qolishga umid qilaman. Men klub afsonasiga aylanishni va unga sovrinlarni yutishida yordam berishni istayman. Bolaligimdan «Real»ga muxlisman», - deya Asensioning so'zlari keltiradi «Football Espana» nashri.
25 yoshli Asensio «Real» safida 2015 yildan beri o'ynab kelmoqda. U «qirollik klubi» tarkibida barcha turnirlar doirasida 286 uchrashuv o'tkazib, 48 gol urgan va 46 golli uzatma bergan. Ispaniyaning ikki karra chempioni, Ispaniya Superkubogi, Chempionlar Ligasining ikki karra g'olibi, UEFA Superkubogining ikki karra g'olibi, klublar o'rtasidagi jahon chempionatining uch karra g'olibi hisoblanadi.