«Borussiya Dortmund»ning norvegiyalik forvardi Erling Xolandning agenti Mino Rayola futbolchining yozgi transfer oynasi uchun jamoadan ketishi bo'yicha ish boshladi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, «Borussiya» forvardni 175 million evroga baholamoqda. Xolandga asosiy da'vogar Londonning «Chelsi» klubi, ammo «Real» ham futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda.
O'tgan mavsumda 20 yoshli futbolchi Borussiya klubi tarkibida barcha turnirlar doirasida 41 uchrashuv o'tkazgan bo'lib, 41 gol urgan va 12 golga uzatma berishni uddalagan. Erlingning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.